Stomatologiya bir ilovada

Bilim oling, klinik caseʼlarni oʻrganing, tajriba almashing va professional rivojlaning.

Chiqishini kuzatish

Stomatolog talabalar va shifokorlar uchun foydali maʼlumotlar

Ilovada uchta asosiy boʻlim

Haqiqiy klinik holatlarni birgalikda muhokama qiling

Caseʼlarni koʻring, diagnostika va davolash yondashuvlarini tahlil qiling hamda oʻz fikringizni bildiring.

Bilimingizni rivojlantiring

Stomatologiya boʻyicha darslar, amaliy materiallar va testlar orqali oʻrganing va bilimingizni mustahkamlang.

Kitoblar va PDF qoʻllanmalar

Stomatologiya boʻyicha kitob va oʻquv materiallarini bir joyda toping. Qidiruv, xatchoʻp va tungi rejim yordamida ularni qulay oʻqing.

Ilova interfeysi. Muqova va bannerlar Dental Place kontentidan (fotosuratlar Wikimedia Commons, CC BY-SA). Ism va raqamlar namunaviy.

Uch qadamda boshlang

  1. 1-qadam

    Ilovani yuklab oling

    Ilova tez orada App Store va Google Playʼda. Chiqqan kunini Telegram kanalimizda eʼlon qilamiz.

    Telegram kanal
  2. 2-qadam

    Roʻyxatdan oʻting

    Telefon raqamingiz yoki Google, Apple akkauntingiz orqali kiring va rolingizni tanlang: talaba yoki shifokor.

  3. 3-qadam

    Oʻrganishni boshlang

    Klinik caseʼlarni koʻring, darslarni oʻting, savollar yeching va kitoblarni oʻqing.

Talabalar va shifokorlar uchun

Rolni roʻyxatdan oʻtishda tanlaysiz.

Talaba

Asoslar va klinik tahlil

  • Akademiya kurslari va testlar
  • Haqiqiy klinik rasm va rentgenlar
  • Muallifga izohda savol bering

Shifokor

Caseʼlaringizni hamkasblarga koʻrsating

  • Rasm va rentgen bilan caseʼlar
  • Boshqa klinikalar yondashuvi
  • Kurs tugatib, sertifikat oling

Ilova haqida savollar

DentalPlace kimlar uchun?

Stomatologiya talabalari va shifokorlar uchun. Roʻyxatdan oʻtishda «Talaba» yoki «Shifokor» rolini tanlaysiz.

Ilova qachon chiqadi?

iOS va Android uchun tayyorlanmoqda. Chiqqan kuni Telegram kanalimizda eʼlon qilamiz, doʻkon havolalari shu sahifada paydo boʻladi.

Ilovada nimalar bor?

Akademiya kurslari va testlar, rasm va rentgenli klinik caseʼlar, izohlarda muallifga savol berish imkoniyati.

Caseʼlar qanday tekshiriladi?

Har bir case moderatsiyadan oʻtadi. Bemorni tanitadigan maʼlumot (yuz, ism, hujjat) taqiqlangan, bunday kontent yashiriladi.

Qaysi tillarda ishlaydi?

Oʻzbek, rus va ingliz tillarida. Tilni ilova sozlamalarida istalgan payt almashtirish mumkin.

Boshqa savol bormi?Telegramda yozing

iOS va Android

Ilova tez orada chiqadi

iOS va Android uchun tayyorlanmoqda. Chiqqanini Telegram va Instagramʼda eʼlon qilamiz.